Ta'lim
2025 yil universitet sessiya imtihonlari bilan boshlandi. 1-kursning 1-semester imtihonlarini yaxshi topshirib oldim β , lekin bu hali butun yilning endigina boshlanishi edi holos.
Shundan ko'p o'tmay, Azimjon (Java backend injeneri) bilan gaplashib qoldik, u bilan bo'lgan suhbatdan so'ng backend dasturlashni o'rganishga qaror qildim. Men oldin backend bilan API'lar orqali frontend'da ishlar edim xolos. Bu API orqasidagi infratuzilmalar qanaqa tuzilishi, ishlashi va kengayishini o'rganib amalda sinab ko'rish men o'ylagandan ancha qiziqarli ekan.
Bundan tashqari, sizlarga ajoyib yangiligim bor. Uzoq tayyorgarliklar, uyqusiz tunlar va harakatlardan so'ng, men ana shu IELTS sertifikatini oldim. Bu albatta oson bo'lmadi, vaqt talab qildi, lekin oxiri-oqibat men unga erishdim!
Faoliyatlar & Loyihalar
Men o'zimning telegram kanalimni 2024 yil oxirida ochgan bo'lsamda, unda uncha yozmas edim. 2025 yilda esa bu kanalni ancha "faol" yurgiza boshladim. Undan tashqari men bu sayt'da blog yoza boshladim. Hozirgacha uchta blog yozdim va bu hali boshlanishi. Oldimizda uzoq yo'l va ko'p organadigon bilib va ko'nikmalar turibdi.
Blog yozish oson emas, avvalo blog'ning mavzusini aniqlab olish kerak, bu esa blog'ni o'zini yozishdan ham qiyin ish. Ana undan keyin bu mavzuni chuqur o'rganib, ma'lumotlar to'plab so'ng blog yozish kerak.
2025 yilda men yettita MVP (Minimum Viable Product) loyiha yaratdim va nima deb o'ylaysiz... ulardan beshtasini o'chirib yubordim. O'chirilgan loyihalarnig kodini arxivlangan GitHubda ko'rishingiz mumkin. Bilaman haftalab, ba'zan bir necha oylab yaratgan va ommaga taqdim qilgan loyihangizni o'chirib yuborish qiyin. Lekin ulardan hech kim foydalanmayotgan edi, ammo men bu loyihalarda o'zimni sinab ko'rganligimdan hursandman va o'rgangan narsalarimni tez orada sizlar bilan ulashaman.
Aytgancha, meni 2025 yilda loyihalar bo'yicha katta orzularim bor edi, shuni deb to'rtta .uz domen sotib olgan edim. Endi esa ularni nima uchun ishlatishni bilmayapman π Nima disiz, ularni o'zimda saqlab qolaymi?
Ish
404 NOT FOUND!
2025-yil 31-dekabr holatiga ko'ra, men ishsizman.
Foydali havolalar: CV | LinkedIn | Telegram
Hakatonlar & Musobaqalar
Bu yil men birinchi martta hakatonda qatnashdim, va bu School 21'dagi INNOVATIVE AI HACKATHON 2025 edi. Men imposter bo'lib uchta AUT'dagi talabarga qo'shilib oldim, jamoa nomi ham meni qutlamaydi AUTerian jamoasi. Men birinchi bor hakaton muhitini his qildim, yaxshi insonlar bilan tanishib ham oldim ππ
Biz cleanarea loyihasini tuzdik. U hukumat vakillariga axlat qayerda ekanligi haqida xabar beradi, ular esa kelib uni tozalab ketadilar. Naqadar ajoyib loyiha a... Ammo biz TOP 3'ga kira olmadik. Bu loyihani telegram bot orqali ishlatib ko'rishingiz mumkin, ammo uni keyinchalik o'chirib yubormasligimga kafolat bermayman π
Noyabr boshlarida ICPC Uzbekistan Regionals musobaqasida qatnashdim, va LeetCode'ning foydasi bo'ldi! TATU'dan men va ikkita birinchi kurs bollar bilan ajoyib Infinitives jamoasini tuzdik.
Musobaqada 150dan ortiq jamoa qatnashdi va biz ular orasidan 28-o'rinni egalladik (yakuniy qarordan oldin 27-o'rinda edik). Biz 13-o'rinni ham egallashimiz mumkin edi, ammo birgina "arrow-crossing blocks" masalasiga sekin ishlaydigon yechim berdik va uni qabul qilishmadi.
2026 Muborak bo'lsin
Hozircha menda shular, 2026-yil bundanda yaxshiroq keladi degan umiddaman!